Taxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiTaxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
Taxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Taxmina Ikromova ko‘pkurash yo‘nalishida shohsupaga ko‘tarildi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Taxmina Ikromova ko‘pkurash yo‘nalishida shohsupaga ko‘tarildi.
U 4 mashq yakuni bo‘yicha 124 550 ball jamg‘arishga erishdi va bu unga bronza medalini taqdim qildi:
Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 131 300;
Safiya Rafaeli (Italiya) – 128 750;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 124 550.
Yangiliklar lentasi
0