https://oz.sputniknews.uz/20230402/songgi-5-yilda-milliy-emlash-kalendariga-4-turdagi-yangi-vaktsina-kiritildi--ssv-33445887.html
So‘nggi 5-yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi – SSV
So‘nggi 5-yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, 2022-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi 98 foizga yetgan.
2023-04-02T12:00+0500
2023-04-02T12:00+0500
2023-04-02T12:00+0500
jamiyat
salomatlik
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_0:104:3273:1945_1920x0_80_0_0_870adcbf28ca9d8869842eaef3d5fde6.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan aholining 83,3 foizi to‘liq vaksinatsiya bilan qamrab olindi. Buster doza bilan emlash qamrovi 81,4 foizga yetkazildi. Gripp kasalligiga qarshi esa 2,3 mln. nafar aholi emlandi.Shuningdek, 2022-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi 98 foizga yetgan. Bundan tashqari, so‘nggi 5-yil davomida emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksinalar kiritilgan.Qayd etilishicha, sohadagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash va aholi orasida xavfli infeksiyalar tarqalishining oldini olishga xizmat qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_271:0:3002:2048_1920x0_80_0_0_73613048831e0d0dc60899b32f3be6a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
salomatlik vaksina
So‘nggi 5-yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi – SSV
Shuningdek, 2022-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi 98 foizga yetgan.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda milliy emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksina kiritildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov
ma’lum qildi. “COVID-19 pandemiyasida barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi ham jiddiy sinovdan o‘tdi. Biroq yurtimizda o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli ushbu og‘ir davrni jiddiy yo‘qotishlarsiz o‘tkazdik”, - deydi u.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan aholining 83,3 foizi to‘liq vaksinatsiya bilan qamrab olindi. Buster doza bilan emlash qamrovi 81,4 foizga yetkazildi. Gripp kasalligiga qarshi esa 2,3 mln. nafar aholi emlandi.
Shuningdek, 2022-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi 98 foizga yetgan. Bundan tashqari, so‘nggi 5-yil davomida emlash kalendariga 4 turdagi yangi vaksinalar kiritilgan.
Natijada qizamiq, qizilcha va bezgak kasalligi tugatilganligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sertifikatlari olindi. Eng quvonarlisi, o‘lat, vabo, shol, difteriya, qoqshol kasalliklari umuman qayd etilmadi.
Qayd etilishicha, sohadagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash va aholi orasida xavfli infeksiyalar tarqalishining oldini olishga xizmat qilmoqda.