“Raxmaninov bahori” Rossiya OTMga kirishga qanday yordam beradi – tafsilotlar

Igra na fortepiano - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar Rossiya hukumati kvotasi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “Raxmaninov bahori” festivali tanlovining asosiy sovrinlaridan biri Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyati bo‘ladi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar Rossiya hukumati kvotasi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, gap uchta joy haqida ketmoqda, ammo ularning sonini ko‘paytirish mumkin.
“O‘zbekistonlik talabalar uchun festival tanlovining asosiy sovrinlaridan biri Rossiya Federatsiyasi hukumati kvotasi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘ladi. Bular Rossiyaning eng yaxshi musiqa universitetlari bo‘lishi muhokama qilindi. Birinchi navbatda Moskva va Sankt-Peterburg konservatoriyalari”, - dedi Vojdayev.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda rus bastakori Sergey Raxmaninov tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan “Raxmaninov bahori” xalqaro musiqa festivali boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0