Muborak IEMda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilyapti

© Sputnik . Press-slujba Ministerstva energetiki UzbekistanaSolnechnaya fotoelektricheskaya stansiya moshnostyu 1,2 MVt stroitsya na Mubarekskaya TES v selyax ispolzovaniya dlya sobstvennix nujd.
Solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya moshnostyu 1,2 MVt stroitsya na Mubarekskaya TES v selyax ispolzovaniya dlya sobstvennix nujd. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 2 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Muborak issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
“Muborak issiqlik elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 2 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent issiqlik elektr markazida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi loyiha ishga tushmoqda.
Yangiliklar lentasi
0