Eron kompaniyasi O‘zbekistonda choy ishlab chiqaradi

© Sputnik / Mediabankka o‘tish
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Hasti Aryan Taamin choy, guruch, shakar va ziravorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 31-mart kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamrayev Eronning Hasti Aryan Taamin kompaniyasi direktori Naser Ansoriy bilan uchrashdi. Bu haqda “Dune” AA xabar bermoqda.
Tomonlar Eron kompaniyasining O‘zbekistonda choy ishlab chiqarish bo‘yicha sarmoyaviy loyihasini muhokama qildilar. Ular tayyor mahsulotlarni O‘zbekiston va tashqi bozorlarda sotishni rejalashtirmoqda.
Suhbat chog‘ida tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirish, laboratoriya jihozlarini tashkil etish, jihozlar yetkazib berish va bo‘lajak mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha kelishib oldilar.
Hasti Aryan Taamin choy, guruch, shakar va ziravorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2021-yildan buyon uning choyi O‘zbekistonda “Famila Tea” savdo belgisi ostida sotilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0