Tramp bir kunda to‘rt million dollardan ko‘proq pul yig‘di

© AFP 2023 / Mandel NganBivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq prezident Tramp ayblov e’lon qilinganidan so‘ng 4 million dollardan ko‘proq pul yig‘di.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp unga nisbatan ayblov e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida to‘rt million dollardan ko‘proq pul yig‘di. Bu haqda RIA Novosti USA Today gazetasiga tayanib xabar berdi.
Tampning saylovoldi tashviqoti tashkilotchilariga ko‘ra, sobiq prezident Donald Tramp ayblov xulosalari ma’lum bo‘lganidan keyin 24 soat ichida 4 million dollardan ko‘proq pul yig‘di.

"Trampga qarshi ayblovlar ma’lum bo‘lganidan bir necha soat o‘tgach, uning prezidentlik kampaniyasi tashkilotchilari uning tarafdorlariga elektron xatlar jo‘natib, Trampning o‘zi “jodugar ovi” deb atagan voqeani to‘xtatish uchun xayriya so‘rashdi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, Manxetten prokuraturasi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni biznes sohasida firibgarlik bo‘yicha 30 dan ortiq epizodda ayblagan edi.
Yangiliklar lentasi
0