O‘zbekistondagi eng qimmat osh qayerda tayyorlanadi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Navruza
Prazdnovanie Navruza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda palov 27 200 so‘m, Farg‘ona viloyatida esa 19000 so‘mdan sotilmoqda.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Eng qimmat osh Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi Toshkent shahrida 27 200 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Eng arzon palov esa Farg‘ona viloyatida 19000 so‘mga teng. Barcha hududlarda palov narxlari oshgan.
Mart oyi holatiga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
Qoraqalpog‘iston – 19400 so‘m;
Andijon viloyati – 21200 so‘m;
Buxoro viloyati – 22600 so‘m;
Jizzax viloyati –23000 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 23400 so‘m;
Navoiy viloyati – 20400 so‘m;
Namangan viloyati – 19300 so‘m;
Samarqand viloyati – 24000 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 23400 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 22600 so‘m;
Toshkent viloyati – 21500 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 19000 so‘m;
Xorazm viloyati – 22400 so‘m;
Toshkent shahri – 27200 so‘m.
Mavzuga oid:
Eng arzon osh qayerda?
Yangiliklar lentasi
0