https://oz.sputniknews.uz/20230401/ostona-shht-maslahatlashuv-33433851.html
O‘zbekiston ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlarda ishtirok etdi
O‘zbekiston ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlarda ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Ostonada ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
2023-04-01T12:11+0500
2023-04-01T12:11+0500
2023-04-01T12:11+0500
dunyoda
qozog‘iston
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/01/33434101_0:43:1131:679_1920x0_80_0_0_e37677afcd3e22283262cfab9b215a02.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligida ShHTga a’zo davlatlarning tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha birinchi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi. Tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 2022-yil 16-sentabrdagi qarorini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi. Unda ShHTga a’zo davlatlarning milliy koordinatorlari, tegishli vazirlik va idoralari, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ShHT Kotibiyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kanat Tumish maslahatlashuvlar ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Qozog‘iston prezidenti tashabbusiga ko‘ra ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ta’kidladi.Qozog‘iston tomoni meyoriy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish bo‘yicha konseptual va qo‘shma harakatlar uchun o‘ziga xos algoritm, ShHTning asosiy organlari faoliyatini optimallashtirish, kadrlar siyosati, moliyaviy tizim, shuningdek, kuzatuvchilar va sheriklar bilan muloqotning keyingi hamkorligini taqdim etdi.Maslahatlashuvlar ishtirokchilari kelgusidagi ish tartibini belgilovchi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar va ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/01/33434101_86:0:1046:720_1920x0_80_0_0_8aeafe34b63d8c1bd3db7cabf00aae82.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston o‘zbekiston shht
qozog‘iston o‘zbekiston shht
O‘zbekiston ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlarda ishtirok etdi
Ostonada ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligida ShHTga a’zo davlatlarning tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha birinchi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston
xabar berdi. Tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 2022-yil 16-sentabrdagi qarorini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Unda ShHTga a’zo davlatlarning milliy koordinatorlari, tegishli vazirlik va idoralari, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ShHT Kotibiyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kanat Tumish maslahatlashuvlar ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Qozog‘iston prezidenti tashabbusiga ko‘ra ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ta’kidladi.
Qozog‘iston tomoni meyoriy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish bo‘yicha konseptual va qo‘shma harakatlar uchun o‘ziga xos algoritm, ShHTning asosiy organlari faoliyatini optimallashtirish, kadrlar siyosati, moliyaviy tizim, shuningdek, kuzatuvchilar va sheriklar bilan muloqotning keyingi hamkorligini taqdim etdi.
Maslahatlashuvlar ishtirokchilari kelgusidagi ish tartibini belgilovchi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar va ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.