Namangandan Nijnevartovskga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini
Spesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda Namangandan Rossiyaning Nijnevartovsk shahriga muntazam aviaqatnovlar bir marotaba – haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Namangandan Nijnevartovskga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi. Kecha “Namangan-Nijnevartovsk-Namangan” yo‘nalishida birinchi aviaqatnov amalga oshirildi, deya xabar berdi Uzbekistan Airways.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy xab” doirasida Namangandan parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda.
Kecha aviakompaniya Namangan-Nijnevartovsk-Namangan yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi.
Endilikda Namangandan Rossiyaning Nijnevartovsk shahriga muntazam aviaqatnovlar bir marotaba – haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.
Jadval:
Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 16:00 da;
Nijnevartovskga kelish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 19:45 da;
Nijnevartovskdan uchish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 21:45 da;
Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 01:35 da.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aviakompaniya bahor-yoz navigatsiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiyaning ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirayotgani ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0