Kamondan otish: O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Respubliki Uzbekistan Sbornaya Uzbekistana po strelbe
Sbornaya Uzbekistana po strelbe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Obuna bo‘lish
Yarim finalda Ispaniyaga 5:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov va Chen Yao Yuy triosi bronza medali uchun bahsda Saudiya Arabistoni vakillaridan 6:0 hisobida ustun kelishdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘tkazilgan turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antaliya shahrida o‘tkazilgan “Kahraman Bagatir” turnirida ishtirok etdi.
Musobaqaning so‘nggi kun bahslarida sportchilar jamoaviy yo‘nalishda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Yarim finalda Ispaniyaga 5:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov va Chen Yao Yuy triosi bronza medali uchun bahsda Saudiya Arabistoni vakillaridan 6:0 hisobida ustun kelishdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Respubliki Uzbekistan Sbornaya Uzbekistana po strelbe
Sbornaya Uzbekistana po strelbe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Sbornaya Uzbekistana po strelbe
Terma jamoa endi 18-23 aprel kuni ushbu shaharda o‘tadigan Jahon kubogining birinchi bosqichigacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0