Endi "Yandex.Go" foydalanuvchilariga fiskal cheklar taqdim etilishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Davlat soliq qo‘mitasi "Yandex.Go" kompaniyasi bilan tranzaksiyalarni fiskallashtirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Endi Yandex.Go xizmatlari foydalanuvchilariga fiskal cheklarni avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi rahbariyati bilan "Yandex.Go" kompaniyasi boshqaruv tarkibi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
© Gosudarstvenniy Nalogoviy KomitetYandex.Go
Yandex.Go - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Yandex.Go
Unda yo‘lovchi tashish va oziq-ovqat yetkazib berish bozorida shaffoflikni oshirish va tartibga solishni takomillashtirish, xususan onlayn xizmatlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.
© Gosudarstvenniy Nalogoviy KomitetYandex.Go
Yandex.Go - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Yandex.Go
Uchrashuv yakunida amalga oshirilayotgan tranzaksiyalarni fiskallashtirish va "Yandex.Go" xizmatlari foydalanuvchilariga fiskal cheklarni avtomatik tarzda taqdim etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash rejalari belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0