Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi oshirilmoqda

Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, narxning oshishi bog‘da saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liq.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 1 apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha narxning oshishi bog‘da saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liq.

“Oshib borayotgan narxlar sabab, bularning barchasi katta xarajatlarni talab qiladi. Shu sabab biz uzoq o‘ylanishlardan so‘ng kirish chiptalari narxini biroz ko‘tarishga qaror qildik. Bu qaror, shuningdek, jonivorlar ozuqasi narxining oshishi bilan ham bog‘liq”, - deyiladi xabarda.

Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Chipta narxlari:
xizmatni o‘tayotgan harbiylar -20 ming so‘m;
nafaqadagi fuqarolar -20 ming so‘m;
7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar -20 ming so‘m;
16 yoshdan kattalar - 35 ming so‘m.
Avval chipta narxlari xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 15 ming so‘m, 16 yoshdan kattalarga esa 25 ming so‘mga teng edi.
Yangiliklar lentasi
0