https://oz.sputniknews.uz/20230331/toshkent-elektr-va-issiqlik-energiyasi-33415221.html
Toshkentda IEMda elektr va issiqlik ishlab chiqaruvchi yangi turbinalar qurilmoqda
Toshkentda IEMda elektr va issiqlik ishlab chiqaruvchi yangi turbinalar qurilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda yiliga 515 mln kVt soat elektr energiyasi, 690 000 gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. 31.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-31T18:19+0500
2023-03-31T18:19+0500
2023-03-31T18:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
energetika
quyosh elektrstansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1f/33415513_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_40425cde1b5493896361a4446574ddc0.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkent issiqlik elektr markazida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi loyiha ishga tushmoqda. Bu haqda markazda tashkil etilgan press turda ma’lumot berildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Ma’lum qilinishicha, Toshkent issiqlik elektr markazida yirik 2 ta gaz trubina qurilmoqda, loyiha 2021-yilda boshlangan, 2024-yilning birinchi choragida ishga tushadi.Quvvati 32 megavatt bo‘lgan 2 ta gaz trubinasi ishga tushirilsa, yiliga 515 mln kVt soat elektr energiyasi, 690 000 gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Mazkur loyihaga 115 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi qurilmalarning amaliyotga tadbiq etilishi energetika va issiqlik energetika tizimlarida yangi qadam bo‘ladi.Shuningdek, Toshkent IEMda mutlaqo tejamkor energetik qurilmalar ishlamoqda. Yangi qurilgan gaz trubina qurilmasi oddiy qurilmalarga nisbatan tabiiy gaz yoqilg‘isiga bo‘lgan tejamkor bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindi gazi 5,8 tonnaga qisqaradi. Ishlash jarayonida shovqini kam bo‘lgani uchun bu qurilmalarni shahar sharoitida qurishga ruxsat berilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalar 100 foiz raqamlashtirilgan.Ma’lumot uchun, Toshkent IEMning boshqa energetik markazlardan farqi bir markazning o‘zida elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bu Toshkentdagi yagona ikki tizimli mahsulot beruvchi markaz hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani ma’lum qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1f/33415513_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5bacae8570aa027023e33ea9277555cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, energetika, quyosh elektrstansiyasi
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, energetika, quyosh elektrstansiyasi
Toshkentda IEMda elektr va issiqlik ishlab chiqaruvchi yangi turbinalar qurilmoqda
18:19 31.03.2023 (yangilandi: 18:32 31.03.2023) Endilikda yiliga 515 mln kVt soat elektr energiyasi, 690 000 gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkent issiqlik elektr markazida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi loyiha ishga tushmoqda. Bu haqda markazda tashkil etilgan press turda ma’lumot berildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent issiqlik elektr markazida yirik 2 ta gaz trubina qurilmoqda, loyiha 2021-yilda boshlangan, 2024-yilning birinchi choragida ishga tushadi.
Quvvati 32 megavatt bo‘lgan 2 ta gaz trubinasi ishga tushirilsa, yiliga 515 mln kVt soat elektr energiyasi, 690 000 gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Mazkur loyihaga 115 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.
“Hozirgi kunga kelib qurilish maydonida 130 nafar ishchi xodimlar ishlamoqda. Ularning xavfsizligi, moddiy ta’minoti va ehtiyojlari Toshkent IEM tomonidan to‘liq ta’minlangan. Gaz trubinalari to‘liq ishga tushgandan so‘ng, yangi 41 nafar ish o‘rni yaratiladi”, - dedi Toshkent IEM muhandisi Saidkomil Saidmurodov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi qurilmalarning amaliyotga tadbiq etilishi energetika va issiqlik energetika tizimlarida yangi qadam bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent IEMda mutlaqo tejamkor energetik qurilmalar ishlamoqda. Yangi qurilgan gaz trubina qurilmasi oddiy qurilmalarga nisbatan tabiiy gaz yoqilg‘isiga bo‘lgan tejamkor bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindi gazi 5,8 tonnaga qisqaradi.
Ishlash jarayonida shovqini kam bo‘lgani uchun bu qurilmalarni shahar sharoitida qurishga ruxsat berilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalar 100 foiz raqamlashtirilgan.
“Korxonada quvvati 25 kVt soatga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilib, ishga tushirilgan. Mazkur quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 45 000 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada yiliga 4,7 ming metr kub tabiiy gaz tejab qolinadi”, - dedi bosh muhandis Bahodir Salixov.
Ma’lumot uchun, Toshkent IEMning boshqa energetik markazlardan farqi bir markazning o‘zida elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bu Toshkentdagi yagona ikki tizimli mahsulot beruvchi markaz hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani ma’lum
qilingan edi.