Toshkentda yugurish musobaqasi sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto
Znak stop, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi ayrim kuchalar 2-aprel kuni soat 07:00 dan 10:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkentda 2-aprel kuni yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sabab qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan “Temurbeklar maktabi” hamda “Yosh chegarachi” akademik litseylari o‘rtasida yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli soat 07:00 dan 10:00 ga qadar ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakat cheklanadi.
Harakat cheklanadigan ko‘chalar:
Yangizamon ko‘chasining Sayxun ko‘chasidan Eski Sariko‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Eski Sariko‘l ko‘chasining Yangizamon ko‘chasidan Abu Sulaymon Banokati ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Abu Sulaymon Banokati ko‘chasining Eski Sariko‘l ko‘chasidan Abdurauf Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Abdurauf Fitrat ko‘chasining Abu Sulaymon Banokati ko‘chasidan Yangizamon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilardan shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0