O‘zgidromet qator hududlarda sel kelish xavfidan ogohlantirdi

© Foto / Ulan MakkambayevSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
2-4 aprel kunlari respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 2-4 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 2-4 aprelda O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. 1-4 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududlarda chang-to‘zon bilan 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Quyidagi hududlarida sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0