Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin

© Depositphotos / AnyaberkutMujchina s telejkoy v supermarkete
Mujchina s telejkoy v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Hozir Jinoyat kodeksining 189-moddasida savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Loyihaga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, bunday qoidalarni juda ko‘p miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari) buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish taklif etilmoqda.
Jazo tariqasida quyidagi miqdorlarda jarima belgilash nazarda tutilmoqda:
fuqarolarga — BHMning 200 baravari;
mansabdor shaxslarga — BHMning 300 baravari.
Hujjat 13-aprelgacha muhokamada bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning avgustida tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni butunlay bekor qilish taklifini bildirgan edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu bilan 30-yildan beri savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni tashvishga solib kelayotgan muammo bartaraf etiladi, ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi). Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0