Bugun “prava”ni yangisiga almashtirish muddati yakunlanadi

© SputnikVoditelskoe udostoverenie
Voditelskoe udostoverenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Ertadan boshlab 2010-yilgacha olingan eski haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Bugun 2010-yilgacha olingan eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati yakuniga yetadi. Ertadan boshlab bunday haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Shu yilning 28-mart holatiga DXMlar orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirilganlar soni — 92 660 tashkil qildi.

“Shu kunlarda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun keluvchilar soni ko‘paygan. Xodimlar so‘nggi mijozga qadar ishlashmoqda. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida iftorlik uchun ham sharoitlar yaratilgan”, - deb yozadi Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.

Eslatib o‘tamiz, “prava”ni uydan chiqmay almashtirish mumkin. Buning uchun haydovchilik guvohnomasiga my.gov.uz orqali buyurtma berish kerak.
Buyurtmada:
bo‘sh qatorlarni shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan to‘ldirasiz;
tegishli bandlar tanlanadi;
yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi;
So‘nggi qadamda BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2 kunda pochta orqali yetkaziladi. Pochta xodimi sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni qaytarib oladi.
Shunday ekan, eski namunadagi guvohnoma bilan transport boshqarish 300 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.
“Prava”ni almashtirish mumkin bo‘lgan DXMlar ro‘yxati.
Yangiliklar lentasi
0