Orban G‘arbning Rossiya borasidagi katta xatosini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishViktor Orban, arxivnoe foto
Viktor Orban, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri G‘arb Rossiyaning moslashish qobiliyatiga yetarlicha baho bermay, xato qilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Rossiyaning sanksiyalar sharoitiga moslashish qobiliyatiga yetarlicha baho bermay, xatoga yo‘l qo‘yishdi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
“Ayniqsa Rossiya kabi ulkan mamlakatning moslashish qobiliyatiga yetarlicha baho bermaslik juda katta xatodir”, - dedi Orban “Kossuth” radiosi efirida.
Siyosatchi 2015-yilda Vengriya Rossiyaga katta hajmda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berganini eslatgan. Ammo sanksiyalar joriy etilgandan keyin Rossiya bir necha yil ichida sanoat sektori va qishloq xo‘jaligini shunday qayta yo‘lga qo‘yganki, uning bozorida eksport mahsuloti uchun joy qolmagan.
Vengriya bosh vaziri Rossiya G‘arb kiritgan cheklov choralari va tashqi bosimga qanday moslashayotganini ko‘rayotganini ta’kidlagan.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0