Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

O‘zbekistonning noyob qadamjolari – foto

© Foto: Buxoro viloyati hokimligiQadimiy Varaxsha yodgorligi
Qadimiy Varaxsha yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tabiati betakror va noodatiyligi bilan ajralib turadi. Sputnik muxbiri mazkur maqolada mamlakatdagi 10 ta eng noyob, insonlarga ma’lum va noma’lum manzillar haqida hikoya qiladi.

1. Sitorai Mohi xosa

“Yulduzlar va oy bilan barobar saroy” Buxoro markazidan 4 km shimolda joylashgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Buxorodagi mang‘itlar sulolasining 3 avlodiga mansub sanaladi.
CC BY 3.0 / Stanislav Kozlovskiy / Dvores emira Sitorai Moxi-xosa, Buxara, UzbekistanLetnyaya rezidensiya buxarskogo emira “Sitorai Moxi-xosa”.
Letnyaya rezidensiya buxarskogo emira “Sitorai Moxi-xosa”. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Letnyaya rezidensiya buxarskogo emira “Sitorai Moxi-xosa”.
Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxonning shahar tashqarisidagi qarorgohi bo‘lgan. Binoni ikki rus muhandisi loyihalashtirgan, uning bezak ishlari bilan esa o‘sha vaqtning eng yaxshi usta hunarmandlari shug‘ullangan.
© Ministerstvo prirodnix resursovDvores emira Sitorai Moxi-xosa v Buxare.
Dvores emira Sitorai Moxi-xosa v Buxare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Dvores emira Sitorai Moxi-xosa v Buxare.
Sitorai Mohi xosa maydoni 6,7 gektar bo‘lib, eski saroy, g‘isht to‘shalgan 3 hovli va ko‘pgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi boloxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga bo‘lingan murabba’ tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal o‘rtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan.

2. Chilpiq qal’a (Shilpiq qal’a)

Inshoot tarxi halqa shaklida bo‘lib, Nukusdan janub tomon 43 km. masofada avtomobil yo‘lida, 35-40 metr balandlikdagi konussimon tepalikda joylashgan. Zardushtiylarning diniy joyi bo‘lgan bu yer eramizning II—IV va IX—XI asrlariga tegishli.
CC BY-SA 2.0 / Bruce Allardice / Karakalpakstan Chilpyk Tower of Silence (dakhma)Ostatki drevney kreposti “Chilpik kala” v Xorezmskoy oblasti.
Ostatki drevney kreposti “Chilpik kala” v Xorezmskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Ostatki drevney kreposti “Chilpik kala” v Xorezmskoy oblasti.
Dastlab minora tepadan pastga tushgan 20 metrli narvon bilan boshlangan edi. Minoraning asos qismidan daryo tomon yo‘lak tushgan. Minora va uning atrofida loy taxtachalar va tosh ossuarilar topilgan bo‘lib, ularning ayrimlari Nukus va Toshkentdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda. II-IV asrlarda zardushtlar dahmasi sifatida qad rostlagan bo‘lsa, IX-XI asrlarda mahalliy aholi undan xabar minorasi sifatida foydalangan.

3. Xo‘ja Gurgur ota massivi

Surxondaryo viloyatidagi Boysuntov tizmasida joylashgan, 3720 metr balandlikka ega massiv yovvoyi tabiat oshoni hisoblanadi. Unga Boysundan Olachopon, Qayroq va Dibolo qishloqlari orqali borish mumkin, ammo bu yo‘l massivning qiya nishabiga eltadi. U orqali cho‘qqiga ko‘tarilish uchun esa insondan katta mahorat va kuch-bardosh talab etadi. Ikkinchi yo‘l Darbant darasidan o‘tib, Machay, Qizil Novur va Kentala qishloqlaridan chiqadi.
© uznews.uz/Marat NadjibayevGorniy massiv Xodja Gur Gur ota.
Gorniy massiv Xodja Gur Gur ota. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Gorniy massiv Xodja Gur Gur ota.

4. Paltov darosi vodiysi

Paltov darosi vodiysi Toshkentdan 100 kilometr narida, Chotqol darosi qirg‘og‘ida joylashgan. Uning eng diqqatga sazovor jihati paleolit davri odamlari manzilgohi — Obirahmat tog‘li arxeologik yodgorligi hamda 38 metr balandlikdan tushadigan sharsharadir.
© Tabiat resurslari vazirligiReka Paltov.
Reka Paltov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Reka Paltov.
Paltov so‘zi “temir tog‘” ma’nosini anglatadi. Qadimgi davrlardan vodiyda temir rudasi qazib olingan.
Odatda turistik yo‘nalish 38 metrlik Paltov sharsharasidan boshlanadi. Undan biroz yuqoriroqda qayinzor bor, u yerda esa Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yerda paleolit davrida qadimiy kishilar yashagan bo‘lib, Obi Rahmat sun’iy g‘orlari sifatida mashhurdir. U yerdan biroz yuqoriroqda yana bir ajoyib joy bor – g‘or.
© Tabiat resurslari vazirligiReka Paltov.
Reka Paltov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Reka Paltov.

5. Varaxsha

Varaxsha Buxoro g‘arbida joylashgan bo‘lib, 100 gektar maydonni egallaydi. Varaxsha saroyi freskalarini tadqiq qilish, shahar eramizning V asridan XI asriga qadar bor bo‘lganini ko‘rsatdi. Olimlarning taxminicha, Varaxshadagi hayot mintaqada suvning yetishmasligi tufayli to‘xtab qolgan.
CC BY-SA 4.0 / Vikichi / Varakhsha ruinsRaskopki drevnego goroda Varaxsha.
Raskopki drevnego goroda Varaxsha. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Raskopki drevnego goroda Varaxsha.
Varaxsha miloddan avvalgi II asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko‘targan. Varaxsha xarobalarining shimoliy g‘arbida qadimiy qo‘rg‘onlardan birining tashqi devori hamda yarim doira shakldagi burji (ichki sahni 4,5×5 m) kavlab o‘rganilgan.

6. Omonqo‘ton g‘ori

Omonqo‘ton g‘ori Zarafshon tizmasining shimoliy qismida, Samarqand viloyatining Urgut tumanida Omonqo‘ton qishlog‘idan 2 km Sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. 1947-yilda arxeolog Mixail Dakonov bu yerdan sinantrop insonning son suyagini aniqlagan edi.
© Tabiat resurslari vazirligiPervobitnaya peshera Omonkuton.
Pervobitnaya peshera Omonkuton. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Pervobitnaya peshera Omonkuton.
Omonqo‘ton g‘ori O‘zbekistondagi qadimgi manzilgohlar ichida o‘zining munosib o‘rniga ega va barcha tarix darsliklarida tilga olinadi.
© Tabiat resurslari vazirligiPervobitnaya peshera Omonkuton.
Pervobitnaya peshera Omonkuton. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Pervobitnaya peshera Omonkuton.
7. Xonqa qo‘hna shahri
Toshkent vohasining eng qadimgi va eng yirik qoldiqlaridan tashkil topgan shahar hisoblanib, eramizdan avvalgi IV oxirlaridan XII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Uning birinchi poytaxti Chacha bo‘lib, bu xarobalar 70 km Toshkentdan G‘arbiy-sharqqacha, chap sohildan ko‘hna Ohangaron o‘zanigacha cho‘zilib ketgan.
© Tabiat resurslari vazirligiKrepost Xonka, Xorezmskaya oblast.
Krepost Xonka, Xorezmskaya oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Krepost Xonka, Xorezmskaya oblast.
Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxminan 8 km Shimoliy-sharqda qadimiy karvon yo‘li ustida joylashgan. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Bitan (Bitan), o‘rta asrlarda Xarashkat nomlari bilan yuritilgan. Qang‘ davlatining poytaxti bo‘lgan.
8. Oq Ostona bobo maqbarasi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Telpakchinor qishlog‘idagi Oq Ostona bobo maqbarasi X asr oxiri, XI asrning boshlarida bunyod etilgan. Ba’zi olimlarning taxminiga ko‘ra, maqbara Muhammad payg‘ambar s.a.v.ning izdoshlaridan biri, avliyo Abu Hurayra qabri ustida barpo etilgan.
© Tabiat resurslari vazirligiMavzoley Ok ostona bobo.
Mavzoley Ok ostona bobo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Mavzoley Ok ostona bobo.
Makbara chorsi xonali (tashqi o‘lchami 9×8,7 m, ichki o‘lchami 5,65×5,80 m), tarzlariga g‘ishtlar mavj shaklida terilgan.
Shimoliy sharqiy qismiga ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat janubiy qismidagisi saklangan. Poygumbazi g‘o‘lasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bag‘allari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan.
© Tabiat resurslari vazirligiMavzoley Ok ostona bobo.
Mavzoley Ok ostona bobo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Mavzoley Ok ostona bobo.

9. Zarautsoy

Zarautsoy rasmlari Hisor tizmasining janubiy g‘arbidagi Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yon bag‘ridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy san’atnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100 — 110 km shimoliy g‘arbda 1912-yilda I. Fodorov tomonidan topilgan.
© Tabiat resurslari vazirligi
Drevnie risunki Zarautsoy - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Tabiat resurslari vazirligi
Drevnie risunki Zarautsoy - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Tabiat resurslari vazirligi
Drevnie risunki Zarautsoy - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoy rasmlarida odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan.
10. Qirq qiz qal’asi
Qirq qiz qal’a Xorazm hududida 1938-yilda o‘tkazilgan arxeologik qazilma ishlari vaqtida, Beruniy shahridan 30 km shimolroqda aniqlangan. Olimlarning fikricha, qal’a eramizning I—VI asrlariga tegishli. Qazilma ishlari davomida zardo‘shtiylar qabrlari topilgan. Afsonalardan biriga ko‘ra, bu qal’ada Guloyim ismli malika yashagan bo‘lib, u o‘zining qirq nafar safdoshi bilan chegarani mustahkam saqlab, raqiblari hujumlaridan himoyalangan. Bugungi kungacha istehkom tuynuklari bo‘lgan tashqi devorlar saqlanib qolgan.
© Tabiat resurslari vazirligiKrepost “Kirk kiz” (sorok devushek).
Krepost “Kirk kiz” (sorok devushek). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Krepost “Kirk kiz” (sorok devushek).
O‘zbekistonda yanada ko‘rkam, qadimiy, hatto hali kashf qilinmagan manzillar ko‘p. Inson qadami asta-sekin barcha manzillarga yetib, ularni o‘rganmoqda. Eng muhimi barcha qadamjolar tabiatning ajralmas bo‘lagi bo‘lib qolaveradi.
© Tabiat resurslari vazirligiKrepost “Kirk kiz” (sorok devushek).
Krepost “Kirk kiz” (sorok devushek). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Krepost “Kirk kiz” (sorok devushek).
Tabiat resurslari vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0