Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 31-martning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQKning 30 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar texnikasm, bitta avtomobil va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari LXRning Chervonaya Dibrova aholi punkti hududida dushmanning 85 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi, D-20 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlari natijasida dushmanning 260 nafar harbiy xizmatchilari va yollanma askarlari, to‘rtta BMP, to‘rtta BTR, ikkita zirhli jangovar mashina, oltita avtomobil, to‘rtta pikap va bitta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhining havo zarbalari va artilleriya o‘qlari DXRning Novomixaylovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 35 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita pikapi, D-30 va D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada dushmanning 30 tagacha harbiy xizmatchisi, 16 ta texnika va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 76 ta tumanda hududda joylashgan 74-artilleriya bo‘linmalariga pozitsiyalarigazarba berdi.
Xerson viloyati, Otradokamenka aholi punkti yaqinida 126-hududiy mudofaa brigadasining yoqilg‘i ombori vayron bo‘ldi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kuniga HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizimining uchta raketasini tutib oldi, shuningdek, Xerson viloyatidagi Marinskoe va Zeleniy Pod aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon jami 404 ta samolyot, 227 ta vertolot, 3625 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8487 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1076 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 4469 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9231 dona maxsus harbiy mashinalar.
Yangiliklar lentasi
0