Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJurabek Raximov
Jurabek Raximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Obuna bo‘lish
Rahimov 2022-yil 17-dekabridan buyon Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi edi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Uning nomzodi Urganchda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida ma’qullandi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Sessiyada prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimov nomzodini tavsiya etdi.
Nomzod viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.
So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Rahimov 2022-yil 17-dekabrida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Jo‘rabek Rahimov 1981-yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchisi. Mutaxassisligi - olim agronom, iqtisodchi. 2016-2018 yillarda viloyatning Bog‘ot, 2019-2022 yillarda Qo‘shko‘pir tumani hokimi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0