YeOIIda qanday import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin?
21:01 31.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023)
© Joomart UraimovSammit YeAES v Bishkeke.
© Joomart Uraimov
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar yaqin orada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ichki mahsulotlar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan G‘arbiy (va nafaqat G‘arbiy) tovarlar ro‘yxatini tuzdilar
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi huzuridagi Umumrossiya tashqi savdo akademiyasi (UTSA) o‘z tadqiqotlari doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ro‘yxatini aniqladi.
Chet elda ilgari katta hajmda xarid qilingan tovarlar, YeOII mamlakatlari o‘z mahsulotlari bilan almashtirishi mumkinligi haqida batafsil - Sputnik materialida.
Yevrosiyo qiyosiy ustunligi
Ittifoq mamlakatlar milliy rejalarida ham o‘z aksini topgan YeOIIning asosiy vazifalaridan biri – Ittifoqning sanoat salohiyatini oshirish hisoblanadi. Import o‘rnini bosish ushb rejani so‘nggi qatorlarida turmaydi.
Shu tariqa, Armaniston va Qirg‘izistonda to‘qimachilik, tikuvchilik va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda. Belarus, Qozog‘iston va Rossiyada import o‘rnini bosish rejalashtirilgan sanoat va mahsulotlarning keng ro‘yxati shakllantirilib, ushbu rejalar doirasida turli ilg‘or choralar joriy etilmoqda.
YeOII mamlakatlarida qabul qilingan strategik va dasturiy hujjatlar asosida UTSA tahlilchilari Ittifoqda import o‘rnini bosishga yaroqli mahsulotlar ro‘yxatini aniqladi.
Shunday qilib, ekspertlar 2021-yil oxiriga qadar qiymati kamida 100 million AQSh dollari miqdorida YeOIIga import qilingan, YeOII bozoridagi ulushi 50%dan ko‘p bo‘lgan 462 ta maxsulotni (6ta guruh) tanlab oldilar.
2021 yilda YeOIIga jami 189 milliard dollarlik ushbu turdagi tovarlar import qilingan bo‘lib, ularning asosiy qismi mashinasozlik, elektrotexnika, transport vositalari va farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan.
UTSA ma’lumotlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari 462 ta tovarlardan 59 ta pozitsiyada qiyosiy ustunlikka ega. Ya’ni, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan ushbu mahsulotlarni allaqachon ishlab chiqarmoqda.
Bunday tovarlar uchun, birinchi navbatda, ittifoq bozorini to‘ldirish uchun hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tashqaridan importni minimallashtirish mumkin.
Ushbu tovar buyumlari orasida yengil avtomobillar va ular uchun ehtiyot qismlar, turboreaktiv dvigatellar, turli maishiy texnika (masalan, pechlar), elektr o‘tkazgichlar, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqalar bor.
Salmoqli ulush Agrosanoat majmuasiga tegishli. YeOII mamlakatlari 28 ta mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qiyosiy ustunlikka ega. 2021-yilda do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan qilingan import qariyb 4,5 milliard dollarga baholangan bo‘lib, ular orasida o‘rim-yig‘im kombaynlari, boshqa o‘rim-yig‘im mashinalari, chigitni tozalash, saralash yoki tasniflash uchun mashinalar, don yoki quruq dukkaklilar, boshqa organik-noorganik birikmalar, urug‘lar va boshqalar bor.
2021 yilda ishlab chiqarishda YeOII mamlakatlari qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan 59 ta tovar umumittifoq importi 20,6 milliard dollarni tashkil etdi. Ya’ni, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tomonidan rejalashtirilgan mahsulotlarning to‘qqizdan bir qismini yaqin kelajakda o‘z ishlab chiqargan tovarlar bilan import o‘rnini bosish uchun almashtirish imkoniyati mavjuddir.
UTSA mutaxassislari 59 ta mahsulot ro‘yxatini aniqlash uchun NCA (Net Comparative Advantage – sof qiyosiy afzalliklar indeksi) indeksidan foydalanganlar. Unga ko‘ra, 0,5 ko‘rsatkichdan yuqori mahsulot jahon bozorida raqobatbardosh hisoblanadi, Yevroosiyo ishlab chiqaruvchilarining barcha 59 pozitsiyadagi mahsulotlarining darajasi NCA indeksining bu ko‘rsatkichidan oshadi.
YeOII mamlakatlari nima ishlab chiqarishi mumkin
Yuqoridagi tovarlarning deyarli yarmi Belarusiyaga to‘g‘ri keladi. Respublika, UTSA tahliliga ko‘ra, yakka o‘zi yoki Ittifoqning boshqa davlatlari bilan birgalikda, YeOII mamlakatlari qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan 59 ta tovardan 27 tasini ishlab chiqarishga qodir.
Belorussiya Respublikasi Ittifoq tashqarisidan import qilishi mumkin bo‘lgan tovarlar – traktorlar va unga tegishli ehtiyo qismlar, 10 va undan ortiq odamni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalarining ehtiyot qismlari, dvigatel hajmi 1500 kubometrdan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomobillar, elektr pechlar, shuningdek, poyabzal va boshqalar.
YeOII mamlakatlari orasida qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarning uchdan birining ko‘prog‘i Rossiya tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.
Shu bilan birga, qiymat bo‘yicha eng katta tovar mahsuloti Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilishi mumkin, bu yaqin kelajakda YeOIIda import bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan tovarlar – quvurlar, qozon korpuslari, rezervuarlar, chanlar va boshqalar. 2021-yilda ular Ittifoqqa jami 2,16 milliard dollarga import qilingan.
Armanistonda ishlab chiqarish qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan eng yirik tovarlar orasida trikotaj, pulloverlar, kardiganlar, jilet va kimoviy tolalardan tayyorlangan shunga o‘xshash mahsulotlar ajralib turadi.
2021 yilda bu mahsulotlar YeOII tashqarisidan Ittifoqqa jami 561,4 million dollar miqdorida import qilingan. Import qilinadigan mahsulotlarning Yevroosiyo bozoridagi ulushi 95 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, traktorlar va avtomobillar uchun radiatorlar (va ularning qismlari), shuningdek, to‘qimachilik va turli xil kiyim-kechaklar kabi sohalardagi tovarlar ham ajratiladi.
Qirg‘izistonda ishlab chiqarish bilan bog‘liq vaziyat ham taxminan shunday. UTSAmutaxassislari respublika ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan kiyim-kechak va gazlamalar uchun bir qancha tovar buyumlarini aniqladi.
2021 yilda Qirg‘izistonning ittifoq bozori uchun import o‘rnini bosadigan eng qimmat narhdagi mahsulotlari – distillash yoki rektifikatsiya qurilmalari hisoblanadi.
O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, YeOII tashqarisidan Umumittifoq importining qiymati 610,8 million dollarga baholanmoqda va import qilingan qurilmalarning Evroosiyo bozoridagi ulushi 99% ni tashkil qiladi.
Qozog‘iston o‘z navbatida sun’iy korunddan (bir qator sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan) alyuminiy oksidi importining o‘rnini bosishga qodir.
Bu №2 tovar qiymati bo‘yicha eng qimmat daraja qatorida bo‘lib, YeOII mamlakatlari yaqin kelajakda bu maxsulotlar yordamida import o‘rnini bosa oladi. 2021-yilda Ittifoqdan tashqaridan jami 1,65 milliard dollarga xarid amalga oshirilgan. Import ulushi 90 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston katta hajmda ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, ammo hozirda 73% YeOIIdan tashqarida sotilayotgan yirik tovar elementi – bu porshenli dvigatellarni ishga tushirish uchun ishlatiladigan akkumulyatorlar.
UTSA tahlilchilarining fikricha, kooperatsiyani rivojlantirish, ichki va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yaqin kelajakda ushbu loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks tizimini ta’minlash, ortiqcha quvvatlar yaratilishiga barham berish va minimal xarajatlar bilan qiymat zanjirlarini yaratish.
Investitsion ehtiyoj
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Global tadqiqotlar instituti rahbari Aleksandr Ilyinskiy Sputnik muxbiri bilan suhbatda – Import o‘rnini bosish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun jiddiy investitsiyalar kerak, degan fikrni bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mumkin bo‘lgan global tanazzul sharoitida xususiy biznes bu muammoni hal qila olmaydi, shuning uchun davlat kafolatlari va loyihalarni moliyalashtirish bilan samarali davlat-xususiy sheriklik zarur.
"Bugungi kunda zarur investitsiyalar hajmini aniqlash juda qiyin", deydi Aleksandr Ilyinskiy. "Menimcha, gap YeOII yalpi ichki mahsulotining 2-5 foizini tashkil etadigan qiymatlar haqida ketapti."
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oxirida YeOII yalpi ichki mahsuloti 173 trillion Rossiya rublini (taxminan 2,5 trillion dollar) tashkil qilgan. Shunga ko‘ra, uning 2-5 foizi 3,5-6,9 trillion rublni yoki 45,4-89,5 milliard dollarni tashkil qiladi.
UTSA Iqtisodiy integratsiya markazi rahbari Nikita Pijikovning Sputnikmuxbiriga ma’lum qilishicha, Akademiya tomonidan amalga oshirilayotgan NCA indeksini baholash bu boradagi ishlarning faqat birinchi bosqichidir.
“YeOII davlatlari import qilgan [dvigatellari 1,5 litrgacha bo‘lgan yengil avtomobillar] qiymati 801 million dollarga teng. Belarus hozir bu hajmning qancha o‘rnini bosa oladi – bu savol. Biroq, u ushbu tovarni raqobatbardosh darajada ishlab chiqarish imkoniyatiga ega va buni potensial ravishda amalga oshirishi mumkin. Ammo buning uchun Belarusga qancha "sarmoya kiritish" kerakligini va uning chegarasi qayerda ekanligini tushunish kerak, - deya tushuntirdi Nikita Pijikov.
Endilikda, uning so‘zlariga ko‘ra, UTSA qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazmoqda, uning natijalari butun Ittifoqning ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash uchun YeOIIga a’zo ma’lum bir mamlakatning ma’lum bir sohasiga zarur investitsiya miqdorini aniqlab beradi. Tadqiqod yil oxirigacha yakunlanadi.
Ittifoqning qo‘llab-quvvatlashi
“Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari YeOIIga a’zo davlatlarning Ittifoq hududiga olib kiriladigan sanoat tovarlarining muhim assortimenti bo‘yicha import o‘rnini bosish salohiyati yuqoriligidan, shuningdek, o‘z hududida uchinchi mamlakatlar importidan ustun bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha vakolatlar imkoniyatlaridan dalolat beradi”, — YeOIK sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev Sputnik muhbiriga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda YeOIIda import o‘rnini bosish salohiyati bo‘yicha mashina va uskunalar, kompyuterlar, kimyo mahsulotlari, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, avtomobilsozlik sanoati yetakchi hisoblanadi. Ular jami import o‘rnini bosish salohiyatining 60% dan ortig‘ini tashkil etadi.
“Tovar jihatidan YeOIIda import o‘rnini bosishning eng katta salohiyati avtomobil qismlari (4,3 milliard dollar), avtotransport vositalari uchun hisob-kitob mashinalari va kuzovlar (har biri 2,3 milliard dollar) va harorat o‘zgarishi jarayonida materiallarni qayta ishlash uskunalari (2 milliard dollar) bilan namoyon bo‘ladi. Bu jami import o‘rnini bosuvchi salohiyatning 15% dan ortig‘ini tashkil etadi”, — dedi Nikolay Kushnarev.
YeOII davlatlarining sanoat sohasidagi hamkorligini qo‘llab-quvvatlashga kelsak, YeIK imtiyozli moliyalashtirish bo‘yicha tashabbusni ishlab chiqdi, degan fikrni bildirdi Kushnarev.
“O‘tgan yilning oktabr oyida YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlari sanoatdagi kooperativ loyihalarni birgalikda moliyalashtirishning yangi mexanizmini yaratishga kelishib oldilar. Mablag‘lar tadbirkorlik va bank tashkilotlari tomonidan ajratiladi, YeIK esa asosiy stavka yoki bazaviy qayta moliyalash stavkasi doirasida Ittifoq budjeti hisobidan kredit stavkasini qoplaydi. Shunday qilib, YeOIIda ko‘p tomonlama loyihalarga investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish vazifasi ham hal qilinadi”, — dedi Nikolay Kushnarev.
“Loyihalarni tanlashda asosiy ustuvor yo‘nalishlar ularda uch yoki undan ortiq tomonlarning ishtiroki va loyihaning moliyaviy samaradorligi bo‘ladi. Kompaniyalarning loyihadagi ishtiroki ish o‘rinlari yaratish, modernizatsiya yoki yangi quvvatlarni yaratish, o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi, loyihalash yoki injiniring xizmatlarini ko‘rsatish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi”.
“YeOIK, shuningdek, tomonlarning biznes tashabbuslariga ham hamkorlik uchun sheriklar topish, ham imtiyozli moliyalashtirish uchun zarur arizalarni tayyorlash va asoslash nuqtayi nazaridan yordam beradi. Buning uchun bizda tarmoqli ekspert ishchi guruhlari tuzilgan”, — degan fikrni qo‘shdi YeOIK sanoat siyosati departamenti direktori.
Davlatlararo darajadagi qo‘shimcha mexanizmlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (masalan, tashqi savdoni tartibga solish chora-tadbirlari, himoya mexanizmlarini to‘g‘rilash va h.k.) hamkorlik va import o‘rnini bosish bo‘yicha 2022-yilda YeOII doirasidagi texnologik sohalarbo‘yicha tashkil etilgan ustuvor va yuqori darajadagi komissiya saytidamuhokama qilinishi va kelishilishi mumkin, deydi Nikolay Kushnarev.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda YeOII veb-saytida kooperativ hamkorlikka tayyor bo‘lgan Ittifoq mamlakatlari korxonalarining tarmoq ro‘yxatlari shakllantirildi va joylashtirildi.
Ro‘yxatlar temir yo‘l mashinasozlik (Ittifoqning barcha davlatlaridan 110 ta korxona), kemasozlik (Armaniston, Belarus va Rossiyadan 173 ta korxona va kema ta’mirlash zavodlari), kabel va sim ishlab chiqarish (Armaniston, Belarus, Qozog‘istondan va Rossiya 85 ta korxona), mikroelektronika (Ittifoqning barcha davlatlaridan 39 ta korxona), sement ishlab chiqarish (Ittifoqning barcha davlatlaridan 85 korxona) va fuqarolik aviatsiya sanoati (ittifoqning barcha davlatlaridan 79 korxona) kabi tarmoqlar bo‘yicha tuzilgan.
“Korxonalar ro‘yxati Ittifoqdagi sanoat mahsulotlarining import o‘rnini bosishga qaratilgan. Har qanday manfaatdor korxona o‘z mamlakatining belgilanganvazirligi orqali tegishli ro‘yxatga kiritilishi mumkin”, — deya xulosa qildi Nikolay Kushnarev.