U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston o‘z raqiblarini bilib oldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaU-17 sbornaya Uzbekistana
U-17 sbornaya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
U-17 Osiyo kubogi final bosqichi o‘yinlari 15-iyunidan 2-iyuligacha Tailandda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining final o‘yinlariga qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar “D” guruhida Yaponiya, Vyetnam va Hindiston jamoalari bilan o‘zaro kuch sinashishadi.
1-tur: Yaponiya – O‘zbekiston
2-tur: O‘zbekiston – Hindiston
3-tur: Vyetnam – O‘zbekiston
U-17 Osiyo kubogi final bosqichi o‘yinlari 2023-yilning 15-iyunidan 2-iyuligacha Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadi. U qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0