Toshkent viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

© Hukumat portaliAbdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv o‘tkazdi
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Xitoy O‘zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkoridir.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. 29-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tobora yuqori sur’at bilan rivojlanayotgan O‘zbek-Xitoy aloqalarining bugungi darajaga ko‘tarilishida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq muloqot, ishonchli va do‘stona munosabatlar asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, Xitoy O‘zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkoridir. O‘zbekiston “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qat’iy kurashni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsiya hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi ilk bor qariyb 9 milliard dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 2140 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uchrashuvda mamlakatlar savdo-iqtisodiy yo‘nalishda katta salohiyatga ega ekanini hisobga olib, yangi istiqbolli loyihalar va dasturlarni, jumladan hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Toshkent viloyati bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Yangiliklar lentasi
0