Toshkentdan Bokuga aviaqatnovlar soni oshirilmoqda

Baku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda Toshkent-Boku-Toshkent aviaqatnovlari haftasiga 4-marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentdan Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga aviaqatnovlar soni oshirilmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airways" kompaniyasi xabar berdi.
Endilikda Toshkent-Boku-Toshkent aviaqatnovlari haftasiga 4-marta: seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar jadvaliga ko‘ra, HY755 Toshkent-Boku va HY756 Boku-Toshkent yo‘nalishlari shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar vaqti:
Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 07:35 da;
Bokuga kelish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 10:30 da;
Bokudan uchish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 10:30 da;
Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 14:05 da.
Toshkent – Boku yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachiptalar narxi 29-mart holatiga 1 918 785 so‘mdan, Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishida esa 3 874 470 so‘mdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 28-mart sanasidan boshlab Ozarbayjon mamlakatga kelayotgan fuqarolar uchun COVID-pasportlarini taqdim etish talabini bekor qilgan.
Yangiliklar lentasi
0