https://oz.sputniknews.uz/20230330/termiz-tumanida-ilk-bor-etnik-shaharcha-quriladi-33370848.html
Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi
Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Hududda ekoturizm rivojlantiriladi hamda “Safari” usulida suv bo‘yida turistik maskanlar tashkil etiladi. 30.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-30T18:19+0500
2023-03-30T18:19+0500
2023-03-30T18:19+0500
turizm
termiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24491188_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_bf730c361ec739d959867c69e791a644.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyatda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish maqsadida Termiz, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.Unga ko‘ra, hududda ekoturizm rivojlantiriladi va zamonaviy “safari” usulida suv bo‘yida turistik maskanlar tashkil etiladi. Buning uchun mahalliy investorlar jalb qilinadi.Termiz tumanida Vodiy – Termiz, Termiz – Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi, chipta xarajatlarining 25 foiziga subsidiya ajratiladi.Boysun tumanida etnik-folklor yo‘nalishida turizm rivojlantiriladi. Buning uchun hozirdan 2024-yilda o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali uchun joylar tanlanib, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.Festivalda turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish, milliy kurash singari o‘nga yaqin milliy xalq o‘yinlari o‘tkaziladi, milliy qo‘shiq va raqslar taqdim etiladi.Ma’lumot uchun, Surxondaryoning Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga 2002-yilda asos solingan. 2022-yildan buyon UNESCO shafeligi ostida har 2-yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24491188_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_a8ead7a03b7d486bdb33bc3f2b74e182.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, termiz
Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi
Hududda ekoturizm rivojlantiriladi hamda “Safari” usulida suv bo‘yida turistik maskanlar tashkil etiladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyatda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish maqsadida Termiz, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, hududda ekoturizm rivojlantiriladi va zamonaviy “safari” usulida suv bo‘yida turistik maskanlar tashkil etiladi. Buning uchun mahalliy investorlar jalb qilinadi.
Termiz tumanida Vodiy – Termiz, Termiz – Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi, chipta xarajatlarining 25 foiziga subsidiya ajratiladi.
Boysun tumanida etnik-folklor yo‘nalishida turizm rivojlantiriladi. Buning uchun hozirdan 2024-yilda o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali uchun joylar tanlanib, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.
Festivalda turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish, milliy kurash singari o‘nga yaqin milliy xalq o‘yinlari o‘tkaziladi, milliy qo‘shiq va raqslar taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Surxondaryoning Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga 2002-yilda asos solingan. 2022-yildan buyon UNESCO shafeligi ostida har 2-yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.