https://oz.sputniknews.uz/20230330/samarqand-33378281.html
Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi
Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand shahrida 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
2023-03-30T20:17+0500
2023-03-30T20:17+0500
2023-04-05T19:46+0500
siyosat
samarqand
mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi
afg‘oniston
sergey lebedev
samarqand — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1b/33255679_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_bdc7f88ffab224fa0e204fc2a0d78eff.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Samarqand shahrida 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.14 aprel kuni Samarqandda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning arafasida Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.“Unda Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar vakillari, mening bilishimcha, Xitoy Xalq Respublikasi va Pokiston tashqi ishlar vazirlari singari muhim vazirlar ham qatnashadi”, - dedi Lebedev.Lebedev bo‘lajak MDH tashqi ishlar vazirlari kengashiga to‘xtalib, aksariyat Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Samarqanddagi tadbirda qatnashishlarini tasdiqlaganini qayd etdi.Uning aniqlik kiritishicha, yig‘ilish kun tartibidan an’anaviy tarzda 2022-yilda MDH mamlakatlari TIVlararo maslahatlashuvlari yakunlari hamda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirishga doir masalalar o‘rin olgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1b/33255679_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_147409524e509c744f57aa92bc8a03a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand afg‘oniston uchrashuv mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi
samarqand afg‘oniston uchrashuv mdh tashqi ishlar vazirlari kengashi
Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi
20:17 30.03.2023 (yangilandi: 19:46 05.04.2023) MDH bosh kotibi Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Samarqand shahrida 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev
ma’lum qildi. 14 aprel kuni Samarqandda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning arafasida Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.
“Unda Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar vakillari, mening bilishimcha, Xitoy Xalq Respublikasi va Pokiston tashqi ishlar vazirlari singari muhim vazirlar ham qatnashadi”, - dedi Lebedev.
Lebedev bo‘lajak MDH tashqi ishlar vazirlari kengashiga to‘xtalib, aksariyat Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Samarqanddagi tadbirda qatnashishlarini tasdiqlaganini qayd etdi.
“O‘zbekiston tomoni ham yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi”, - dedi MDH bosh kotibi.
Uning aniqlik kiritishicha, yig‘ilish kun tartibidan an’anaviy tarzda 2022-yilda MDH mamlakatlari TIVlararo maslahatlashuvlari yakunlari hamda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirishga doir masalalar o‘rin olgan.