Rossiyada O‘zbekistondagi referendum bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish kunlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF
Podgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning 49 ta hududida ko‘chma ovoz berish puktlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiyadagi saylov uchastkalarida 19-26 aprel kunlari O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi maslahatchisi Zokir Zaitov jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Muddatidan oldin ovoz berish 19-apreldan 26-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. Rossiyada 49 ta hududida ko‘chma ovoz berish puktlari tashkil etiladi”, - degan u chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Zaitovning qo‘shimcha qilishicha, ovoz berish jarayonida referendum o‘tkazuvchi komissiyaning sayyor guruhlari tashkil etiladi.
Elchixona maslahatchisi O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan fuqarolar elektron formatda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini ta’kidlagan.
“Saytda imkoniyat bor. Tashqi ishlar vazirligi yoki elchixona saytida. Bu yerda havola bo‘ladi va fuqarolar qayerda ovoz berishini o‘zlari hal qilishlari mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid:

MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini tasdiqladi
Konstitutsiya loyihasi matni e’lon qilindi — hujjat qachon kuchga kiradi?
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi
Yangiliklar lentasi
0