Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha uchta yangi tashabbus bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan.
Soveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumaniga tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan uchta yangi tashabuss bildirdi va yangi korxonalarni ishga tushirdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumaniga tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘iston aholisi farovonligini oshirishda uchta yangi tashabbus bildirdi, deya xabar berdi matbuot xizmati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda prezident bildirgan uchta tashabbus:
birinchi tashabbus - Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Buning uchun alohida Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, unga joriy yilda 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
ikkinchi tashabbus - Kadastri yo‘q 38 ming uy-joy va ko‘chmas mulklar bo‘yicha tegishli hujjatlar qilib beriladi;
uchinchi tashabbus - Aholi talabini inobatga olib, joriy yilda 4 mingta uy-joy quriladi. Bunga qo‘shimcha, zamonaviy loyiha asosida 4 ming yakka tartibdagi uy-joy qurishga 4 sotixdan yer ajratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan.
Soveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Qoraqalpog‘iston “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantiriladi
Qoraqalpog‘istonda 72 ming rasmiy ishsiz bor. Har yili 43 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi. Shularni hisobga olib, 193 ming ish o‘rni yaratish va Qoraqalpog‘istonni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish maqsad qilib qo‘yildi.
Aholiga yer ajratiladi
Oziq-ovqat mahsulotlari mo‘l va arzon bo‘lishini ta’minlash maqsadida 2022-yilda aholiga 6 ming 600 gektar yer berilgan edi, bu yil yana 6 ming gektar ajratilmoqda.
Bo‘ston kanalini betonlash hisobiga Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlarida 100 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi. Dala chetlarida 3,6 ming gektarda kadi, uzum va sabzavot yetishtirib, 42 ming tonna mahsulot olinadi.
Maktab va shifoxonalar ta’mirlanadi
Qoraqalpog‘istonda 51 ta maktabda o‘quvchilar soni meyordan 2 baravar ko‘p. 208 ta mahallada ichimlik suvi ta’minoti yaxshi emas. 120 kilometr magistral hamda eng serqatnov 600 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash kerak. Shu bois 9 ta tumanda maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, maktab va shifoxonalarni ta’mirlashga, shu jumladan issiqlik ta’minotiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan.
Soveshanie s uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva po obsujdeniyu voprosov sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Respubliki Karakalpakstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Tadbirda 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi ham bo‘ldi. Prezident ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.
Beruniy tumanidagi “Beruniy bug‘doy klaster” hamda “Rayhon apparel” majmuasi;
Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” zavodining 3-bosqichi;
Qo‘ng‘irot tumanidagi “KKRasi kemikal” majmuasi;
Nukus shahridagi “Azimut hotel” majmuasi;
To‘rtko‘l tumanidagi “Xozagro” majmuasi.
Bu korxonalarda jami 1 ming 100 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi, ular orqali ishlab chiqarishga 300 milliard so‘m, eksportga 20 million dollar qo‘shiladi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yil davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan farmoni va katta dastur qabul qilingan. Bular bilan 2023-yilning o‘zida 670 milliard so‘m va 340 million dollar mablag‘lar ajratildi.
Tadbirkorlarga aylanmadan soliq, yer va mol-mulk soliqlari 2 baravar pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. Bu orqali Qoraqalpog‘istonning barcha tadbirkorlari ixtiyorida yiliga 500 milliard so‘m qolmoqda. Faqat ushbu hudud tadbirkorlariga tijorat kreditlarining 75 foiziga Tadbirkorlik jamg‘armasi kafilligi berilishi belgilandi.
“Biz bitta el va bitta yurtmiz! Hamma viloyatlar Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan. Har bir tumanga vazirlar, viloyat hokimlari, idora va banklar rahbarlari biriktirilgan. Buning natijalari barcha tumanlarda ko‘rinayapti va bu ishlar to‘xtamaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda hududda 15 trillion so‘m investitsiya hisobiga 5 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan. Tadbirkorlar soni 2 baravar ko‘payib, 46 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ilgari sanoati eng past bo‘lgan 6 ta tumanda ishlab chiqarish 2-3 baravar oshib, Qoraqalpog‘istondagi ulushi 12 foizga yetgan.
Umuman, bu davrda Qoraqalpog‘istonda sanoat 1,3 baravar o‘sib, 61 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati mahsulotlari tayyorlash 2 baravardan ziyod o‘sgan.
Yangiliklar lentasi
0