Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

MDH kuzatuvchilari missiyasi 12-apreldan Toshkentda ish boshlaydi - Lebedev

© Sputnik/Viktor TolochkoSergey Lebedev
Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Hamdo‘stlik bosh kotibi Sputnik bilan suhbatda Missiya tarkibiga 50 ga yaqin kuzatuvchi kirishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari missiyasi 12-aprel kuni Toshkentda o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz O‘zbekiston tomoni bilan O‘zbekistonda missiyani ochish va missiya shtab-kvartirasi ishini 12-aprel kuni boshlashga kelishib oldik”, — dedi u.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, missiya tarkibiga 50 ga yaqin kuzatuvchi kiradi, ularning ko‘pchiligi allaqachon O‘zbekistonga borishga rozi bo‘lgan, dedi MDH bosh kotibi.
“Biz missiya kichik, taxminan 50 kishi bo‘lishiga ishonamiz. Har doimgidek, missiya tarkibi yuqori darajada bo‘ladi, bular parlament a’zolari, MDH davlatlarining ko‘plab parlament a’zolari allaqachon O‘zbekistonga borishga rozilik bergan. Bular markaziy saylov komissiyalari a’zolari va raislari, diplomatlar va Ijroiya qo‘mitasi xodimlari bo‘ladi, ular Hamdo‘stlikdagi referendumlar jarayonini kuzatishda katta tajribaga ega”, - dedi Sergey Lebedev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0