Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 30-martning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shiinlar guruhi Xarkov viloyati Granikovka, Sinkovka, LXRning Novoselovskoe va Stelmaxivka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 tagacha harbiy xizmatchisi va ikkita mashinasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova, Nevskoe, DXRning Yampolovka, Torskoe va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 130 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita BTR, "Grad" raketa tizimi va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishi bo‘yicha "Janubiy" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida dushmanning 340 dan ortiq harbiy xizmatchisi va yollanma askarlari, ikkita tanki, to‘rttasi BMP, oltita BTR, 9ta avtomashina, bitta "Grad" tizimi, D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Zaporoje viloyatining Vladimirovka, DXRning Ugledar, Malinovka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 25 dan ortiq harbiy xizmatchisi va ikkita BTRini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida 25 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 11 ta texnika va uchta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya bir sutkada UQKning 107 ta hududda joylashgan 93 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Sumi viloyatidagi Grebennikovka aholi punkti yaqinida Ukrainaning "Buk-M1" zenit-raketa majmuasining o‘ziyurar qurilmasi yo‘q qilindi.
Xerson viloyati, Olgovka qishlog‘i yaqinida 126-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyati Zaliznichnoe posolkasi hududida 102-hududiy mudofaa brigadasining yoqilg‘i ombori vayron qilingan.
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertoloti Zaporojye viloyati Temirovka qishlog‘i hududida havo mudofaasi yordamida urib tushirildi.
DXRning Novoandreyevka va Zeleniy Gay aholi punktlari hududlarida bitta "Grom-2" operativ-taktik raketasi, HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizimining uchta raketasi urib tushirildi, Ukrainaning ikkita uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 404 ta samolyot, 227 ta vertolot, 3 622 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8 472 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 076 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining 1076 ta jangovar texnikasi, 4644 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9199 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0