https://oz.sputniknews.uz/20230330/aqsh-neft-zaxiralari-qisqardi-33365430.html
AQSh neft zaxiralari kutilmaganda qisqardi
AQSh neft zaxiralari kutilmaganda qisqardi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning neft zaxiralari bir hafta ichida kutilmaganda 473,7 million barrelgacha qisqardi.
2023-03-30T16:16+0500
2023-03-30T16:16+0500
2023-03-30T16:16+0500
dunyoda
aqsh
neft
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1398/17/13981744_0:99:2768:1656_1920x0_80_0_0_d89629961842cf3264939aac58d453c9.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘tgan xafta AQShdagi tijorat neft zaxiralari (strategik zaxiradan tashqari) 7,5 million barrelga yoki 1,6 foizga kamayib, 473,7 million barrelga yetdi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi Energetika axborot boshqarmasining haftalik sharhida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.DailyFX portali tomonidan so‘ralgan tahlilchilar, aksincha, zaxiralarning 0,1 million barrelga oshishini kutishgan.Shu bilan birga, AQShning strategik neft zaxirasi o‘zgarmadi: yanvar oyidan buyon ko‘rsatkich 371,6 million barrel darajasida saqlanib qoldi.Bungacha u 2021-yil sentabr oyidan boshlab har hafta pasayib borayotgan edi. Natijada hozirda bu zaxira 1983-yil dekabridan beri eng past darajada qolmoqda.Mamlakatning eng yirik terminali Kushingdagi (Cushing) neft zaxiralari hisobot davridagi 36,8 million barreldan 35,2 million barrelgacha qisqardi.Tahlilchilar 1,6 million barrelga qisqarishini kutishgan edi. Distillyat zaxiralari 0,3 million barrelga (0,2 foizga) oshdi va 116,7 million barrelni tashkil etdi. 1,5 millionga kamayishi bashorat qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1398/17/13981744_214:0:2555:1756_1920x0_80_0_0_77f484724492e4a63685006c763d8f35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh neft
AQSh neft zaxiralari kutilmaganda qisqardi
AQShning neft zaxiralari bir hafta ichida kutilmaganda 473,7 million barrelgacha qisqardi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘tgan xafta AQShdagi tijorat neft zaxiralari (strategik zaxiradan tashqari) 7,5 million barrelga yoki 1,6 foizga kamayib, 473,7 million barrelga yetdi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi Energetika axborot boshqarmasining haftalik sharhida ma’lum qilindi, deya xabar berdi
RIA Novosti. DailyFX portali tomonidan so‘ralgan tahlilchilar, aksincha, zaxiralarning 0,1 million barrelga oshishini kutishgan.
Shu bilan birga, AQShning strategik neft zaxirasi o‘zgarmadi: yanvar oyidan buyon ko‘rsatkich 371,6 million barrel darajasida saqlanib qoldi.
Bungacha u 2021-yil sentabr oyidan boshlab har hafta pasayib borayotgan edi. Natijada hozirda bu zaxira 1983-yil dekabridan beri eng past darajada qolmoqda.
Mamlakatning eng yirik terminali Kushingdagi (Cushing) neft zaxiralari hisobot davridagi 36,8 million barreldan 35,2 million barrelgacha qisqardi.
Tahlilchilar 1,6 million barrelga qisqarishini kutishgan edi. Distillyat zaxiralari 0,3 million barrelga (0,2 foizga) oshdi va 116,7 million barrelni tashkil etdi. 1,5 millionga kamayishi bashorat qilingan.