https://oz.sputniknews.uz/20230330/aprelda-qanday-ob-havo-kuzatiladi-33372991.html
Aprelda qanday ob-havo kuzatiladi
Aprelda qanday ob-havo kuzatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil aprel oyida o‘rtacha havo harorati meyor atrofida, ba’zi joylarda o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz ko‘p bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
2023-03-30T17:50+0500
2023-03-30T17:50+0500
2023-03-30T17:50+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284555_0:137:3155:1912_1920x0_80_0_0_9d709222306a041fad7a0ab5b87cf5bb.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bu yil aprel oyida o‘rtacha havo harorati meyor atrofida, ba’zi joylarda o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz ko‘p bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.Prognozlarga ko‘ra, aprel oyida yog‘ingarchilik kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.Oy quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-aprel kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi +22...+27 daraja atrofida, ya’ni meyordan +5...+8 darajaga yuqori bo‘ladi.2-7 aprel kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol shiddatli kuchayishi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irning jadalligi o‘rtachagacha bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati yomg‘ir paytida +5...+7 darajaga pasayadi.Aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi.O‘zgidrometning dastlabki prognoziga ko‘ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat kechalari +7...+12 darajadan +12...+17 darajagacha, kunduz kunlari +20...+25 darajadan +27...+32 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.Aprel oyida kuchli jala yomg‘ir, momaqaldiroq va do‘l yog‘ishi istisno qilinmagan. Kuchli jala yomg‘irlar tog‘oldi hududlarda halokatli sel-suv toshqinlariga olib kelishi mumkin. Baland tog‘larda hali ham qor ko‘chkisi xavfi saqlanib turadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284555_212:0:2943:2048_1920x0_80_0_0_f2fe017f703ccd1c40084422bfd02f5e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aprel ob xavo ob havo prognoz uzgidromet o‘zgidromet
aprel ob xavo ob havo prognoz uzgidromet o‘zgidromet
Aprelda qanday ob-havo kuzatiladi
Aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bu yil aprel oyida o‘rtacha havo harorati meyor atrofida, ba’zi joylarda o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz ko‘p bo‘ladi, deb
xabar bermoqda O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, aprel oyida yog‘ingarchilik kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Oy quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-aprel kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi +22...+27 daraja atrofida, ya’ni meyordan +5...+8 darajaga yuqori bo‘ladi.
2-7 aprel kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol shiddatli kuchayishi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irning jadalligi o‘rtachagacha bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati yomg‘ir paytida +5...+7 darajaga pasayadi.
Aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi.
O‘zgidrometning dastlabki prognoziga ko‘ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat kechalari +7...+12 darajadan +12...+17 darajagacha, kunduz kunlari +20...+25 darajadan +27...+32 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Aprel oyida kuchli jala yomg‘ir, momaqaldiroq va do‘l yog‘ishi istisno qilinmagan. Kuchli jala yomg‘irlar tog‘oldi hududlarda halokatli sel-suv toshqinlariga olib kelishi mumkin. Baland tog‘larda hali ham qor ko‘chkisi xavfi saqlanib turadi.