Moskalkova Rossiya pasportini xorijiy vakolatxonalarda berishni taklif qildi

© Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishIntervyu T. Moskalkovoy agentstvu RIA Novosti
Intervyu T. Moskalkovoy agentstvu RIA Novosti   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tegishli tashabbus bilan TIV va IIVga murojaat qilgan.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Vatandoshlarga Rossiya pasportini chet eldagi vakolatxonalarda olish imkoniyatini berish kerak. Bu haqda Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rosssiya qonunchiligiga muvofiq, agar xorijda muqim yashayotgan kishining pasport olishi kerak bo‘lsa, hujjatni faqat Rossiyaga kelib olishi mumkin.
“Albatta, bu odamlarga qiyin. Birinchidan, hozir logistika izdan chiqqan. Ikkinchidan, bu juda qimmat”, - dedi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.
Rossiyalik ombudsmen mamlakatning xorijdagi konsulxonalarida pasport olish imkoniyatini yaratish masalasini ko‘rib chiqish tashabbusi bilan Rossiya TIV va IIVga murojaat qilganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Moskalkova xorijda dunyoga kelgan rossiyaliklar farzandlariga Rossiya fuqaroligini berishni taklif qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0