Qamchiq orqali turistik mikroavtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
1 iyungacha esa 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. 10 apreldan Qamchiq dovoni orqali turistik mikroavtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu haqda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, temir yo‘l va avtotransport sohasida:
1 iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;
1 apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5-yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;
2023 yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;
10 apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, Qamchiq dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0