O‘zbekiston Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
16:20 29.03.2023 (yangilandi: 16:37 29.03.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s delegatsiyey KNR vo glave s chlenom Politburo Sentralnogo komiteta Kommunisticheskoy partii Kitaya, sekretarom Partiynogo komiteta Kompartii SUAR Ma Sinjuyem.
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va ShUAR o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (ShUAR) Kompartiyasi Partiya qo‘mitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va ShUAR o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s delegatsiyey KNR vo glave s chlenom Politburo Sentralnogo komiteta Kommunisticheskoy partii Kitaya, sekretarom Partiynogo komiteta Kompartii SUAR Ma Sinjuyem.
O‘zbekiston hududlarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida Ma Sinjuy XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini hamda Xitoy rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llangan samimiy tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda o‘tgan yil sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan sammitning sermahsul natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
“O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini jadallashtirishda ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s delegatsiyey KNR vo glave s chlenom Politburo Sentralnogo komiteta Kommunisticheskoy partii Kitaya, sekretarom Partiynogo komiteta Kompartii SUAR Ma Sinjuyem.
Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan, shu jumladan savdo, logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi aytildi.
Mirziyoyev o‘zaro muloqot va almashinuvni faollashtirish, tashrif va biznes forumlarini tashkil etish, ustuvor loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.