O‘zbekiston Hatayda 100 ta modulli konteyner o‘rnatmoqda — foto

© Agentstvo "Anadolu" V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana
 V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududiga qayta tiklanishga yordam bermoqda.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta modulli konteyner o‘rnatmoqda. Umumiy maydoni 21 kv.m ga teng bo‘lgan konteyner oshxona, hojatxona va hammom bilan ham ta’minlangan, deya xabar berdi "Anadolu" agentligi.
Qayd etilishicha, o‘rnatilayotgan konteynerning har biriga bir oila joylasha oladi. U issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan. Ularni o‘rnatish ishlari 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshiriladi.
Modulli uylarni o‘rnatish Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida amalga oshirilmoqda.
© Agentstvo "Anadolu" V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana
 V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Uyushma Ovakent tumanida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirgan. Uyushma rahbari Tohir Abdullohning ma’lum qilishicha, zilziladan keyingi ikkinchi kundan boshlab uyushma xodimlari Elbiston tumanida 17 kun davomida oziq-ovqat borasida yordami ko‘rsatgan va har kuni 1000 kishini oziq-ovqat bilan ta’minlagan.
"Keyinroq Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va oldini olish boshqarmasi (AFAD) ko‘rsatmasi bilan Antakaga yetib keldik. Biz Ovakent tumanida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari bor. Konteynerlarimiz murvat bilan mahkamlangan, ya’ni hohishga qarab yig‘ish, boshqa hududga ko‘chirilish mumkin", — dedi Abdulloh.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ovakent hududida konteyner o‘rnatish ishlari 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.
© Agentstvo "Anadolu" V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana
 V zone bedstviya v Tursii ustanovat 100 modulnix konstruksiy iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Hozirda mazkur hududda 1980-yillarda ko‘chib kelgan o‘zbek diasporasi vakillari istiqomat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Binolarning vayron bo‘lishi 50 mingdan ziyod insonlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati va fuqarolari mamlakatga 270 tonna insonparvarlik yordami yubordi. Shuningdek, fojiadan keyin O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari va mamlakat Mudofaa vazirligining tibbiyot otradi Hatay viloyatida ishladi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 18 kishini chiqarib, 200 ga yaqin halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqdi. Harbiy shifokorlar dala gospitalini joylashtirib, 24 kun ichida 3860 nafar jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatdi.
Mavzuga oid:
Qaxramonlar uchun minnatdorchilik so‘zlari: FVV qutqaruvchilari qanday kutib olindi? – video
O‘zbekiston shifokorlari Turkiyaning 414 nafar fuqarosiga yordam ko‘rsatdi.
Turkiyada o‘zbekistonliklar qurgan harbiy dala gospitali ish boshladi - foto
Yangiliklar lentasi
0