https://oz.sputniknews.uz/20230329/mahalliy-reyslar-33330585.html
Prezident mahalliy reyslar sonini 2 baravar oshirish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident mahalliy reyslar sonini 2 baravar oshirish bo‘yicha topshiriq berdi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda ichki reyslar taqchilligi kuzatilayotgani, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab borligi ta’kidlandi.
2023-03-29T17:33+0500
2023-03-29T17:33+0500
2023-03-29T17:33+0500
turizm
shavkat mirziyoyev
prezident
turizm
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33203656_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_e2a826be39a66cba6199424a58d9395d.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviaparklar soni esa 44 taga yetdi. Bu haqda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.Qayd etilishicha, o‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paygan.Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:Bunda aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33203656_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_76773084ad69547a77523d22bebbf4f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev turizm
shavkat mirziyoyev turizm
Prezident mahalliy reyslar sonini 2 baravar oshirish bo‘yicha topshiriq berdi
Yig‘ilishda ichki reyslar taqchilligi kuzatilayotgani, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab borligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviaparklar soni esa 44 taga yetdi. Bu haqda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida
ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paygan.
Yig‘ilishda ichki reyslar taqchilligi kuzatilayotgani, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab borligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.
Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:
yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Bunda aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.
Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.