Futbol: sentabrda O‘zbekiston Bolgariyaga qarshi o‘ynaydi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Srechko Katanes shogirdlari sentabr oyida Bolgariyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Bolgariyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ( O‘FA) matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik futbolchilar sentabr oyida Sofiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu yig‘in davomida Srechko Katanes qo‘li ostidagi jamoa Bolgariyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Oq bo‘rilar” Boliviya jamoasi ustidan 1:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Venesuela bilan esa durang o‘ynashdi (1:1).
Yangiliklar lentasi
0