https://oz.sputniknews.uz/20230329/davlat-mulki-onlayn-auktsion-33305689.html
Endi fuqarolar davlat mulkini onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berishi mumkin bo‘ladi
Endi fuqarolar davlat mulkini onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berishi mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi jismoniy shaxslarga davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza... 29.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-29T12:40+0500
2023-03-29T12:40+0500
2023-03-29T12:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
auksion
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/481/80/4818006_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_ede902975b6b3ec6c9910cf1baa480ff.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Endi jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Bu haqda prezident qabul qilgan 102-sonli qarorda nazarda tutilgan.Qarorga ko‘ra, 1-iyuldan jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.2023 yil 1-sentabrdan:Shuningdek, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni qog‘oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilindi. Tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlar orqali hisobotlarni olish yo‘lga qo‘yiladi.Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:2023 yil 1-sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/481/80/4818006_157:0:1057:675_1920x0_80_0_0_24e8a2144412ba3eb6196ac1cf7e6fd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, auksion
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, auksion
Endi fuqarolar davlat mulkini onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berishi mumkin bo‘ladi
Endi jismoniy shaxslarga davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Endi jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Bu haqda prezident qabul qilgan 102-sonli qarorda
nazarda tutilgan. Qarorga ko‘ra, 1-iyuldan jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.
ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi;
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
har chorakda joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni qog‘oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilindi. Tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlar orqali hisobotlarni olish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1 001 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;
aksiya paketlari “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta korxona ro‘yxati;
ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1 046 ta davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati;
munitsipal mulk obyektlarini belgilash mezonlari.
2023 yil 1-sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.