https://oz.sputniknews.uz/20230328/uzfood-2023-korgazma-rossiya-xitoy-33284356.html
UzFood-2023: Toshkentdagi ko‘rgazmada Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda — video
UzFood-2023: Toshkentdagi ko‘rgazmada Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda — video
Sputnik O‘zbekiston
UzFood-2023 ko‘rgazmasida ishtirokchilar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan bir yarim baravarga oshib ketdi.
2023-03-28T15:14+0500
2023-03-28T15:14+0500
2023-04-05T18:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
xitoy
ko‘rgazma
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33281004_0:222:2851:1826_1920x0_80_0_0_6b9fd6235cabb75743d2e6483ff4310d.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood-2023” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya va Xitoy kompaniyalari yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.“O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada 26 mamlakatdan 280 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Malayziya.Ular orasida Xitoydan 67 ta kompaniya, Rossiyadan esa 47 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.Rossiyaning Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari, Oltoy o‘lkasi, Boshqirdiston kabi viloyatlari keng turdagi pishloq tayyorlash, tozalash, qadoqlash, non yopish kabi uskunalarni taklif etmoqdalar. Shuningdek, turli xil tayyor mahsulotlar - qandolat va go‘sht mahsulotlari, don, makaron, un, tabiiy asal va boshqalar.Unga ko‘ra:Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma o‘z ishini 30-martga qadar davom etadi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33281004_60:0:2791:2048_1920x0_80_0_0_7be2dba30be88e7214660d19b79b6a34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston toshkent uzfood-2023 ko‘rgazma
o‘zbekiston toshkent uzfood-2023 ko‘rgazma
UzFood-2023: Toshkentdagi ko‘rgazmada Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda — video
15:14 28.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) UzFood-2023 ko‘rgazmasida ishtirokchilar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan bir yarim baravarga oshib ketdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood-2023” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya va Xitoy kompaniyalari yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada 26 mamlakatdan 280 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Malayziya.
Ular orasida Xitoydan 67 ta kompaniya, Rossiyadan esa 47 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Rossiyaning Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari, Oltoy o‘lkasi, Boshqirdiston kabi viloyatlari keng turdagi pishloq tayyorlash, tozalash, qadoqlash, non yopish kabi uskunalarni taklif etmoqdalar. Shuningdek, turli xil tayyor mahsulotlar - qandolat va go‘sht mahsulotlari, don, makaron, un, tabiiy asal va boshqalar.
Ishtirokchilar soni bo‘yicha UzFood-2023 ko‘rgazmasida ishtirok etayotganlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan bir yarim baravarga oshib ketdi.
Ekspozitsiya maydoni 60% dan ortiq ko‘paytirildi;
Doimiy ishtirokchilar ko‘rgazma ishtirokchilari umumiy sonining 60% ni tashkil qilmoqda;
Birinchi marta ishtirok etayotganlar 40% teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma o‘z ishini 30-martga qadar davom etadi.