Rossiyadagi eng keksa mushuk vafot etdi

© Foto : Kniga Rekordov RossiiKot Dashun
Kot Dashun - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Dashun ismli siam mushugi 2021-yil sentabr oyida Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiyadagi eng keksa mushuk 28-mart kuni Tumenda vafot etdi, u yanvar oyida 26 yoshga to‘lgandi. Bu haqda mushukning egasi Elvira Chaniyeva RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Dashun ismli siam mushugi 2021-yil sentabr oyida Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan.
“Dashun bugun tunda vafot etdi. Oxirgi paytlarda u nimjon bo‘lib qolgandi, lekin hali yurayotgandi. Asosan, u deraza yonida o‘tirishni, toza havodan nafas olishni xohlardi. U veterinarlar nazorati ostida edi, unga siydik tosh kasalligiga qarshi ukol qilishdi, oxirgi haftada esa u juda ozib ketdi”, - deydi Elvira Chaniyeva.
Chaniyevaning so‘zlariga ko‘ra, Tumenda hayvonlar uchun rasmiy qabriston yo‘q, shuning uchun u mushugini odamlar ko‘milmay qo‘ygan eski qishloq qabristoniga dafn qiladi.
Mushukdan xotira sifatida nafaqat uning fotosuratlari, balki Fedka, Petka va Sirop mushuklari ham qolgan.
Yangiliklar lentasi
0