https://oz.sputniknews.uz/20230328/qozogiston-ozbekiston-chegara-33291033.html
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara demarkatsiyasiga oid bitimni ratifikatsiya qildi
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara demarkatsiyasiga oid bitimni ratifikatsiya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 28-mart kuni “Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qozoq-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
2023-03-28T18:04+0500
2023-03-28T18:04+0500
2023-03-28T18:04+0500
siyosat
qozog‘iston
o‘zbekiston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29512623_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8615388fffc1c344d3f786eb2cabc975.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 28-mart kuni “Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qozoq-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.Toqayevning 2022-yil dekabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida ikki davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. O‘tgan yil noyabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston demarkatsiya komissiyasining qo‘shma ishi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolangandi.2003 yilda boshlangan demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar qariyb 19-yil davom etgan. Bu vaqt mobaynida demarkatsiya komissiyasining 100 ta yig‘ilishi va demarkatsiya bo‘yicha ishchi guruhining 34 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004-2021 yillarda davom ettirildi.Demarkatsiya ishlari natijasida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2 356 km chegara o‘rnatilib, unga 1 301 ta chegara belgilari qo‘yildi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29512623_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_8029bc9898114e118b3792d37eaf2a28.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston o‘zbekiston chegara demarkatsiya ratifikatsiya
qozog‘iston o‘zbekiston chegara demarkatsiya ratifikatsiya
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara demarkatsiyasiga oid bitimni ratifikatsiya qildi
Demarkatsiya ishlari natijasida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2 356 km chegara o‘rnatildi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 28-mart kuni “Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qozoq-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati
xabar berdi. Toqayevning 2022-yil dekabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida ikki davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnoma
imzolangan edi. O‘tgan yil noyabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston demarkatsiya komissiyasining qo‘shma ishi bo‘yicha yakuniy bayonnoma
imzolangandi.2003 yilda boshlangan demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar qariyb 19-yil davom etgan. Bu vaqt mobaynida demarkatsiya komissiyasining 100 ta yig‘ilishi va demarkatsiya bo‘yicha ishchi guruhining 34 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004-2021 yillarda davom ettirildi.
Demarkatsiya ishlari natijasida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2 356 km chegara o‘rnatilib, unga 1 301 ta chegara belgilari qo‘yildi.