Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 28-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mixail Andronik / Mediabankka o‘tishUnichtojennaya ukrainskaya bronetexnika na linii soprikosnoveniya v poselke Stepnoe Doneskoy oblasti.
Unichtojennaya ukrainskaya bronetexnika na linii soprikosnoveniya v poselke Stepnoe Doneskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti.

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Molchanovo, Sinkovka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQKning 65 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita jirhli jangovar mashirasi va 3ta boshqa texnikasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi Luganskning Nevskoe va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning 125 nafargacha askarini, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi faol harakatlari natijasida dushmannig 240 nafar harbiy xizmatchisi va yollanma askarlari, uchta BMPsi, uchta BTRi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta transport vositasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlar guruhi DXRning Novomixaylovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida UIKning 20 nafar harbiy xizmatchisi, shuningdek, uchta avtomobilini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida 18 tagacha ukraina harbiy xizmatchilari va beshta harbiy texniksi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 114ta hududda joylashgan 96 ta artilleriya bo‘linmalarini yo‘q qildi.
Xerson viloyatining Davidov Brod qishlog‘i hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining yo‘naltiruvchi radari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 18 ta HIMARS (AQSh) raketalarini va bitta "GLSDB" boshqariladigan raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Pologi, Lugansk Xalq Respublikasining Golikovo, Rubkjnoe, Svatovo, Donetsk Xalq Respublikasining Soledar, Volnovaxa, Vladimirovka va Xarkov viloyatining Velikiy Viselok aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 12 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 404 ta samolyot, 226 ta vertolot, 3612 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8433 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1074 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4449 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9161 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0