https://oz.sputniknews.uz/20230328/jamoat-transporti-33279983.html
O‘zbekiston jamoat transporti ishini tashkillashtirishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston jamoat transporti ishini tashkillashtirishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati jamoat transporti ishini tashkillashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda Rossiya tajribasini o‘rganadi.
2023-03-28T13:13+0500
2023-03-28T13:13+0500
2023-03-28T13:13+0500
o‘zbekiston - rossiya
transport vazirligi
jamoat transporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32843808_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_80d52c4d22f188f15ead1cc6cb9c7729.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati jamoat transporti ishini tashkillashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda Rossiya tajribasini o‘rganadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Qayd etilishicha, respublika Prezidenti administratsiyasi va qator idoralar vakillari delegatsiyasi Moskvaga transport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun borgan.O‘zbekiston tomoni, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Rossiya ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.Tashrif doirasida "Mosgortrans" DUK, Moskva hukumati yo‘l harakatini tashkil etish markazi, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurish, IT-kompaniyalar va o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuv rejalashtirilgan.“Uchrashuvlar asosida jamoat transporti tizimi va yo‘l harakati xavfsizligini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni takomillashtirish, avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish va xodimlarni ushbu yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi”, - deyiladi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32843808_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f4fe467ff1799b4076ccb8bfba6a91e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya transport
o‘zbekiston rossiya transport
O‘zbekiston jamoat transporti ishini tashkillashtirishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston delegatsiyasi transport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati jamoat transporti ishini tashkillashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda Rossiya tajribasini o‘rganadi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, respublika Prezidenti administratsiyasi va qator idoralar vakillari delegatsiyasi Moskvaga transport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun borgan.
“Tashrif maqsadi Rossiya jamoat transporti tajribasini o‘rganish, yo‘l harakatini tashkil etish sohasida vazirliklar o‘rtasida tajriba almashishdir”, - degan O‘zbekiston Transport vazirligi vakili.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Rossiya ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Tashrif doirasida "Mosgortrans" DUK, Moskva hukumati yo‘l harakatini tashkil etish markazi, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurish, IT-kompaniyalar va o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
“Uchrashuvlar asosida jamoat transporti tizimi va yo‘l harakati xavfsizligini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni takomillashtirish, avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish va xodimlarni ushbu yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi”, - deyiladi xabarda.