Baxtiyor Rahmonov yana poytaxt hokimi o‘rinbosarligiga qaytdi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentBaxtiyor Raxmonov
Baxtiyor Raxmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Rahmonov 16-yanvardan 23-martga qadar Toshkent shahar hokimi vazifasini bajargan edi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. Poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov tegishli qarorni imzoladi.
“Ushbu qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyasiga tasdiq uchun kiritilsin”, — deyiladi qaror matnida.
2018 yildan beri poytaxt hokimi lavozimida ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yil 16-yanvar kuni ishdan olingandi. Toshkent hokimi vazifasini bajarish uning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov zimmasiga yuklangandi.
23 mart kuni “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Baxtiyor Rahmonov 1959-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 1981-yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat taraqqiyoti akademiyasini tamomlagan.
2008 yilda Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi etib tayinlangan. 2011-yilda kapital qurilish masalalari bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan 2017-yilda Sergeli tumani hokimi bo‘lgan. 2018-yilda Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan. 2021-yil yanvaridan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0