Andijon xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Mejdunarodniy aeroport "Andijan"
Mejdunarodniy aeroport Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Andijon xalqaro aeroportida 1-apreldan boshlab havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Andijon xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi, deya xabar berdi Uzbekistan airports.
Qayd etilishicha, 1-apreldan boshlab Andijon xalqaro aeroporti aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi.
Rekonstruksiya uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va samolyotlar to‘xtash joylaridagi sun’iy qoplamlarni modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Shuningdek, yoritish uskunalari, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish yangi tizimlarini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0