Turizm bo‘yicha xalqaro loyiha tatbiq etiladi

© SputnikTurizm bo‘yicha xalqaro loyiha tatbiq etiladi
Turizm bo‘yicha xalqaro loyiha tatbiq etiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston loyiha doirasida Qozog‘iston va Tojikiston bilan turizm hamkorligini yanada kuchaytiradi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkentda turizm bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada yangi innovatsion loyiha tatbiq etilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Tatbiq etilishi kutilayotgan MOST loyihasining umumiy maqsadi - O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonda barqaror turizmning yangi va maqbul strukturalangan modelini ilgari surish hisoblanadi.
Loyiha doirasida iste’molchilarning barqaror iste’mol to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga yordam beradigan siyosatni rejalashtirish va amalga oshirishda mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari, kichik va o‘rta korxonalar hamda barqaror ishlab chiqarish va iste’mol bo‘yicha yakuniy foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni kuchaytirish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda loyihani amalga oshiruvchi tashkilot XSTU – Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi hisoblanadi.
MOST loyihasi doirasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston sayyohlik tashkilotlari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishga muvaffaq bo‘ladi:
turizm korxonalarida ekologik menejment, barqaror marketing mavzulari bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etish;
ekologik sertifikatlashtirish maqsadida ma’lumotlarni boshqarish uchun dasturiy texnologiyalarni o‘rnatish va ulardan foydalanish;
hududiy turizm obyektlari va mahalliy nuqtalarda yangi modelda ishlash prinsipi yaratish, turistik sanoat modernizatsiyasini jadallashtirish;
davlat va xususiy sektorlarda xalqaro loyihaning ahamiyatini oshirish.
Qayd etilishicha, endilikda O‘zbekiston Switch Asia dasturi hamda MOST loyihasi doirasida Qozog‘iston va Tojikiston bilan turizm hamkorligini yanada kuchaytiradi.
Toshkentda “Barqaror turizm modelini rivojlantirish - turizm salohiyatini oshirish yo‘li” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa, Osiyo, Gruziya, Rossiya va boshqa mamlakatdan vakillar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0