Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 27-martning asosiy xabarlari

© AP Photo / LibkosVid goroda Artemovska. Arxivnoe foto
Vid goroda Artemovska. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Kislovka, LXRning Novoselovskoe va Stelmaxivka aholi punktlari hududlarida UQKning 65 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita avtomashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi va bitta D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Nevskoe va DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 85 dan ortiq harbiylar, ikkita zirhli jangovar mashina va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol havo hujumlari va artilleriya zarbalari davomida dushmanning 400 dan ortiq harbiy xizmatchilari va yollanma askarlari, 4 ta zirhli texnikasi, 10ta avtomobili, to‘rtta pikapi, "Grad" raketa tizimi va bitta D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi zarbalari DXRning Vladimirovka, Novopol, Zaporoje viloyatining Malaya Tokmachka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida joylashgan UQK kuchlarining 40 nafarini harbiy xizmatchisi, ikkita yuk mashinasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va bitta "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida 107 ta hududda joylashgan UQKning 93 ta artilleriya raschetini o‘q otish pozitsiyalarida, ishchi kuchi va texnikasi bilan yo‘q qildi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Berestovoe qishlog‘i hududida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertoloti Zaporoje viloyati Temirovka qishlog‘i hududida havo mudofaasi yordamida urib tushirildi.
Bundan tashqari, Ukrainaning o‘n uchta uchuvchisiz uchish apparati LXRning Kremennaya, Rubejnoe, Golikovo, DXRning Maryinka, Olginka va Novyi Svet aholi punktlari hududlarida yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 404 ta samolyot, 226 ta vertolot, 3600 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8 421 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1 074 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining 1074 ta jangovar texnikasi, 4447ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9146 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0