Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Vagner” guruhi Zelenskiy borgan Artyomovskdagi zavodni egalladi

© RIA NovostiBoysi gruppi "Vagner" v Artyomovske (Baxmute) v DNR.
Boysi gruppi Vagner v Artyomovske (Baxmute) v DNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2023
Obuna bo‘lish
Muxbir sexlardan biriga tashrif buyurgan va “Vagner” AZOMning butun hududini nazorat qilishiga ishonch hosil qilgan.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. “Vagner” guruhi jangchilari Artyomovsk metallni qayta ishlash zavodi (AZOM) sexlarini to‘liq nazoratga oldi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.
Muxbir sexlardan biriga tashrif buyurgan va “Vagner” AZOMning butun hududini nazorat qilishiga ishonch hosil qilgan.

“Biz sexga yo‘l topishga harakat qildik, keyin men bu o‘tish joyini topdim. Sezdirmasdan kirdik. Devor ortida dushman guruhi gaplashayotganini eshitdim. Men shturmovikka menga yaqinlashishni buyurdim va biz jangga kirishdik”, - dedi RIA Novosti agentligiga hujumchi vzvod komandiri.

Jang natijasida “Vagner” guruhi jangchilari ukrainalik askarni asirga olgan, yana bir nechtasini, jumladan, bir ofitserni yo‘q qilgan.
Dekabr oyida Vladimir Zelenskiy AZOMga tashrif buyurib, u yerda ukrainalik harbiylarni taqdirlash marosimini o‘tkazgandi.
“Mana shu yerda janob Zelenskiy intervyu berib, go‘yoki ushbu zavodni mardonavor himoya qilgan o‘z harbiylariga mukofotlar topshirgan. Shu yerda ular birgalikda suratga tushishgan”, - dedi hujumchi vzvod komandiri.
AZOM — E. I. Kviring nomidagi sobiq rangli metallurgiya zavodi, u 1954-yilda qurilgan. Artyomovskning shimoliy hududlarida katta maydonni egallaydi.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismida, Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir. Shahar atrofida olti oydan ortiq vaqtdan beri shiddatli janglar davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0